Bo'lim boshlig'i

Ergashboev Jumanazar Abdunabi o'g'li





Mehnat faoliyati:

2016-2019- y.y. Oltinko'l sanoat talab va xizmat ko'rsatish KXK talabasi

2017-2018- y.y O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Yetakchilar Kengashi Ma'naviy-ma'rifiy va ahloqiy ishlari yo'nalishi yetakchisi

2019-2019- y.y Sardorlar maktab koordinatori

2019-2020- y.y O'zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi Axborot xizmati mutaxassisi

2020 y.y.h – Moskva moliya va sanoat universiteti, axborot texnologiyalari va tizimlar yo'nalishi talabasi

2022 y.y.h – Maktabgacha va maktab taʼlimi  xuzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Matbuot kotibi.

Bo'lim quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

2. Axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash;

3. Keng jamoatchilikni vazirlik faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

4. Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish, shoʻba bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;

5. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi veb-saytida axborotni tezkorlik bilan joylashtirish va o‘z vaqtida yangilab borish, Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

6. Axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, Internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;

7. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy OAVda tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

8. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va videomateriallar, bosma mahsulotlar va shu kabilar) bilan taʼminlash;

9. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holati hamda milliy va xorijiy OAV pozitsiyasini tahlil qilish va ular to‘g‘risida davlat hokimiyati va boshqaruvi organi rahbariyatiga axborot berish;

10.Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi faoliyat sohasiga aloqador matnli, foto, audio va videomateriallar maʼlumotlar bankini shakllantirish va yuritish.