Bo'lim boshlig'i

vakant





vakant

Yetakchi mutaxassis

Qodirov Shohrux Ilxom o’gli

Yetakchi mutaxassis

Umarov Shaxboz Abduraxim o'g'li

Bosh mutaxassis

Pulatova Shahnoza Safarovna

Bo'limning asosiy vazifalari quyidagilar:

1. Oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar bilan intellektual mulk obʼektlarini yaratish xamda ularni iqtisodiyotning real sektori va ishlab chiqarish tarmoqlariga joriy etish va tatbiq qilish asosida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustaxkamlashga koʼmaklashish;

2. Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirishga yordam berish;

3. Intellektual mulk obʼektlarini xorijda ro'yxatdan oʼtkazish
va texnologiyalar transferini amalga oshirish buyicha amaliy yordam koʼrsatish; intellektual mulk obʼektlaridan foydalanish buyicha litsenziya shartnomalarini tuzish.

4. Umumiy tashkilot maqsadlari bilan mos ravishda marketing strategiyalarini rivojlantirish

5. Xorijdan transfer qilingan texnologiyalarni bozor holati, raqobat holatini aniqlash.

Boʼlim oʼziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

1. Ishlab chiqarish tashkilotlarida, davlat boshqaruvi organlari va xoʼjalik birlashmalarida intellektual mulk obʼektlarini tatbiq etish va joriy qilish buyicha zarur shart-sharoit yaratishda ishtirok etadi;

2. Maxalliy ilmiy ishlanmalar (ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, selektsiya yutuqlari va boshqalarga intellektual mulk xuquqini tasdiqlovchi xorijiy patentlar, mualliflik guvoxnomalari yoki boshqa hujjatlarni olishga zaruriy moliyaviy va tashkiliy sharoitlarni yaratish orqali koʼmaklashadi;

3. Intellektual mulk obʼektlari va ilmiy ishlanmalarni joriy qilish
va ularga bulgan xuquqlarni berish buyicha litsenziya shartnomalarini tuzishga tashkiliy jixatdan koʼmaklashadi.

Boʼlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni xam amalga oshirishi mumkin.