Bo'lim boshlig'i

Xolboboyev Shaxruz Shokirovich





Vakant

Bosh mutaxassis

Rustamov Elbek Erkinovich

Yetakchi mutaxassis

Sultonova Aziza Rustam qizi

Boʼlim quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va boshqa direktiv organlardan, vazirlik-idoralardan, ommaviy axborot vositalaridan Milliy ofisga kelib tushgan xat-hujjatlarni oʼz vaqtida qabul qilish, oʼrnatilgan tartibda roʼyxatdan oʼtkazish, nazorat varaqasini ochish, Milliy ofis rahbariyati hamda uning tarkibiy boshqarma va boʼlimlariga yetkazish, uning ijrosi taʼminlangunga qadar nazoratini yuritish;

2. Milliy ofis rahbariyati tomonidan imzolangan xat va boshqa hujjatlarni (qaror, buyruq) rasmiylashtirish, boshqarma va boʼlimlar bilan hamkorlikda ularning nazoratini amalga oshirish, tegishli joylarga oʼrnatilgan tartibda yetkazish;

3. Milliy ofisga jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan xat, ariza va shikoyatlarni hisobga olish, rahbariyatning topshirigʼiga koʼra tegishli boshqarma va boʼlimlar bilan hamkorlikda tahlil etish, ularni oʼz vaqtida nazoratdan chiqishini taʼminlash, natijalari boʼyicha tayyorlangan choraklik, yarim yillik va yillik tahlillarni kengaytirilgan ishlab chiqarish yigʼilishlari muhokamasiga kiritish;

4. Milliy ofisga kelib tushgan hamda tarkibiy boshqarma va boʼlimlar tomonidan tayyorlangan xat hujjatlarni doimiy ravishda tahlil etib, hisobini olib borish;

5. Barcha pochta aloqalarini yoʼlga qoʼyib, har chorakda hisobini yuritish;

6. Milliy ofis hujjatlari uchun moʼljallangan blankalar roʼyxatini qatʼiy nazorat bilan yuritish;

7. Milliy ofisdan ketayotgan ichki hujjatlarga maxsus raqam berilishini tartibga solish va maxsus raqam bilan roʼyxatga olingan hujjatning bir nusxasini tegishli boshqarma (boʼlim) tomonidan devonxonaga topshirilishini taʼminlash;

8. Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyishlari va topshiriqlari hamda uning Аdministratsiyasi topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, topshiriqlari, Vazirlikning buyruq va hayʼat qarori yigʼilish topshiriqlari hamda Milliy ofis tomonidan qabul qilingan buyruq, kengaytirilgan yigʼilish bayonlari hamda Milliy ofis direktorining koʼrsatmalarini boshqarma va boʼlimlar tomonidan oʼz vaqtida ijro etilishi boʼyicha ishlarni tashkil etish;

9. Ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlar va topshiriqlarning oʼz vaqtida ijro etilishini nazorat qilish, hujjatlarning ijro etilishi ahvoli yuzasidan rahbariyatga axborot taqdim etib borish va ijrosi taʼminlangan hujjatlarni nazoratdan olish, ularning muddatlarini uzaytirish yoki doimiy nazoratga olish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

10. Milliy ofisning tarkibiy boʼlinmalarida ijro intizomi ahvoli va murojaatlar bilan ishlash holatini maqsadli oʼrganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda zarur yordam koʼrsatish, kamchiliklar toʼgʼrisida direktor va uning birinchi oʼrinbosarini xabardor qilish;

11. Milliy ofisning tarkibiy boʼlinmalarida ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimini joriy etish asosida hujjatlarning bajarilishini roʼyxatga olish, hisobga olish, ularning aylanishi, tahlil va nazorat qilish yagona tizimini takomillashtirish masalalarida metodik yordam koʼrsatish hamda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash yuzasidan seminarlar tashkil etish;

12. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini rahbariyat tomonidan qabul qilinishini belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvallariga muvofiq tashkil qilinishini tartibga solish va natijalari boʼyicha tahliliy maʼlumotlar tayyorlash;

13. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisining tamgʼasi tushirilgan muhrni, “Devonxona” nomi koʼrsatilgan muhrni toʼgʼri ishlatilishi hamda saqlanishini taʼminlash;

14. Tarkibiy boʼlinmalar rahbarlari bilan birgalikda Milliy ofis direktori tomonidan oʼtkaziladigan markaziy apparati yigʼilishlari bayonlarining maʼruza va nutqlarni yozib olish, majlis bayonini rasmiylashtirish va belgilangan topshiriqlarni oʼz vaqtida ijrosini nazorat qilish;

15. Milliy ofis markaziy apparati yigʼilishlarini tashkiliy jihatdan kerakli tahliliy maʼlumotlar va hisobotlar bilan taʼminlanishini tashkil etadi;

16. Milliy ofisning birinchi va ikkinchi yarim yillik uchun ish reja loyihalarini tayyorlash, ularni tegishliligi boʼyicha markaziy apparati yigʼilishlari muhokamasiga va rahbar tasdigʼiga taqdim etish, yuqori turuvchi idoralardan kelgan topshiriq va koʼrsatmalarga asosan ish rejaga tegishli oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish, ish rejada belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan masʼul ijrochilardan maʼlumotlar talab qilib olish, tahlil qilish, umumlashtirish va rahbariyatga bu haqida axborot berish;