Qoraqalpogiston Respublikasi Nukus shahrida Technoways texnologik rivojlanish marafoni doirasida Yoshlar texnoparkiga tashrif

img

Joriy yilning 8- oktabr kuni innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bosh direktori Farhod Djumaev Qoraqalpogiston Respublikasi Nukus shahrida Technoways texnologik rivojlanish marafoni doirasida
Yoshlar texnoparkiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida technoparkda tashkil qilingan ishlab chiqarish va startap loyihalar bilan tanishdi. Xususan, Intraktiv ko’rish oynasi, Ecokaseta,
Suniy urug’lantirish uskunasi, Fencing VR loyihalar bilan tanishdi.  Mazkur loyihalarni Innoweek 2024 innovatsion loyihalar haftaligida qatnashish uchun kelishib olindi.