Qoraqalpoq davlat universitetida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

img

Qoraqalpoq davlat universitetida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichi davom etmoqda. Ikkinchi kunning daslabki qismida marafon ishtirokchilari oʻz bilimlarini “Zakovat Quiz” intellektual oʻyinida sinovdan oʻtkazdilar.

Marafon davomida ishtirokchilar o‘z innovatsion loyihalarining taqdimotlarini namoyish etdilar. Mazkur taqdimotlar davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini texnologik yechimlar va biznes modellar orqali amalga oshirish bo‘yicha ko‘nikmalarini namoyish qildilar. Yangi texnologiyalar, startaplar va innovatsiyalar sohasida o‘zgarishlar yaratishga qodir bo‘lgan talaba-yoshlar hakamlar hay’ati tomonidan ijobiy baholandi.

“TechnoWays” marafoni yoshlarni texnologik rivojlanishga yo‘naltirish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va mamlakatimizda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.