“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining uchinchi kuni davom etmoqda

img

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni respublika bosqichining uchinchi kuni davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida marafonning uchinchi kuni ishtirokchilar o‘zlarining innovatsion loyihalarini taqdim etmoqda.

Taklif etilgan loyihalar, texnologiyalar yangi texnika va dasturlarni amaliyotga joriy qilishga yo‘naltirilgan. Marafonning bu bosqichi faqat nazariy bilimlar bilan chegaralanib qolmay, amaliy natijalarni ham o‘zida namoyon etmoqda.

Taqdimotlar davomida har bir loyiha hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, innovatsion yondashuv, dolzarbligi va iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha keng muhokama qilindi.

Marafon davom etar ekan, ishtirokchilar oʻzaro fikr almashish, tajriba orttirish va yangi imkoniyatlarni o‘rganish imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.