"Milliy hub" startap-akseleratsiya dasturi doirasidagi seminarning ikkinchi kuni

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Milliy hub” startap-akseleratsiya dasturi doirasidagi  seminar-treningning ikkinchi kunida "Inno WIUT" innovatsion markazi direktori Sarvar Jalolov ishtirok etdi. 

Seminar davomida Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti qoshida tashkil etilgan innovatsion markaz faoliyati haqida ma'lumot berildi va markazda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli loyihalar taqdimoti o'tkazildi. 

Shuningdek, seminar eksperti tomonidan mahsulot va kompaniya iqtisodiyotini shakllantirish masalalari keng yoritib berildi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.