“Kelajak muhandislari” xalqaro festivaliga start berildi

img

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar akademiyasi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Kelajak muhandislari”  xalqaro festivali o‘z ishini boshladi.

Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Maxkamov hamda Malayziyaning MyRAS (Malaysia Robotics and Automation Society) jamiyati raisi Dr. Zailani Bin Safari ochib berdi.

 “Muhandislik oyligi” doirasida o‘tkazilayotgan tadbir doirasida 2000 nafar yoshlar va 10 nafardan ortiq xorijlik ekspertlar ishtirok etmoqda. Shuningdek, 11 turdagi musobaqa, 10 ga yaqin mavzuda seminar, master klasslar bo‘lib o‘tadi.