“Muhandislik oyligi” doirasida talaba va o'quvchilar uchun ilhomlantiruvchi mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda

img

Bugun, 15-aprel kuni Oliy ta'lim, fan va inno vatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Muhandislik oyligi” doirasida talaba va o'quvchilar uchun ilhomlantiruvchi mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda. 

Mahorat darslari axborot texnologiyalari, robototexnika, muhandislik, astronomiya, sun’iy intellekt hamda kimyo-texnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o'tkazilmoqda. 

Tadbir davomida soha mutaxassislari yoshlarga zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishda muhandislarning roli va vazifalari haqida gapirib berishdi. Shuningdek, sun'iy intellekt yordamida taqdimotlarni animatsion qo'shimchalar qo'shish orqali tayyorlash usullari ham o'rgatildi.