3D modellashtirish musobaqasi boshlandi

img

3D modellashtirish musobaqasi boshlandi 

Toshkentdagi “INNO” texnoparkda “Kelajak muhandislari” festivali doirasida 3D modellashtirish musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. 

Musobaqada oliy ta’lim muassasalari talabalari va erkin amaliyotchilardan tarkib topgan 270 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

3D modellashtirish yo‘nalishiga qiziquvchi yoshlarni muhandislik sohalariga jalb qilishga qaratilgan mazkur musobaqa ularning texnik va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va kelajakda mamlakatimiz innovatsion salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.