“Muhandislik oyligi” doirasida ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar Akademiyasi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Muhandislik oyligi” doirasida yoshlarning muhandislik yo‘nalishiga qiziqishlarini oshirish va soha yuzasidan bilimlarini oshirish maqsadida ikki kunlik seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda “Zilzilalarni prognoz qilishning fundamental muammolari” laboratoriyasi mudiri Valijon Yusupov va Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transferini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Rustam Ergashev ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan "spin-off" korxonalari va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan kerakli ma'lumotlar berildi. Shuningdek, trening davomida stajirovka tanlovida muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan ham bo'lishildi.