ArchEnerg International Innovation Cluster for Renewable Energy and Building Trade bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun, 25-iyun kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi va Vengriyaning ArchEnerg International Innovation Cluster for Renewable Energy and Building Trade tashkiloti o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Vengriya tomonidan ArchEnerg klasteri vitse-prezidenti Anthony Kez va Peters Electro Ltd. rahbari Zoltán Horváth ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida avvalroq imzolangan ikki tomonlama memorandum asosida olib borilayotgan hamkorlik loyihalari muhokama qilindi. Xususan, qayta tiklanadigan energiya sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish va O'zbekistondagi innovatsion korxonalarni ArchEnerg xalqaro innovatsion klasteriga a'zo qilish masalalari ko'rib chiqildi.