“InnoWeek–2025” — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi

“InnoWeek–2025” — xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z ishini boshladi!
“Chegarasiz g‘oyalar” shiori ostida start olgan haftalikning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari X. Umarova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z. Maxkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov, shuningdek, vazirlik va idoralar rahbarlari, xorijiy diplomatik vakolatxonalar vakillari, yirik ilmiy markazlar olimlari, texnologik soha ekspertlari, startap ekotizim ishtirokchilari hamda yosh innovatorlar va ixtirochilar ishtirok etdilar.
15 ming kvadrat metrdan ortiq maydonda O‘zbekiston hamda Xitoy, Koreya, Yaponiya, Malayziya, BAA, Eron, Germaniya, Vengriya va Qozog‘iston kabi davlatlarning ilg‘or innovatsion kompaniyalari va texnologik markazlari o‘z loyihalari va ishlanmalarini namoyish etmoqda.
Kòrgazmada Innovatsiyalar Milliy ofisi ham ózining “Asoschi” va “Ózoffice” innovatsion platformalari bilan qatnashmoqda.
Shuningdek, dastur doirasida 20 ga yaqin xalqaro forum, konferensiya va seminarlar, mutaxassislar bilan uchrashuv va taqdimotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
“InnoWeek–2025” — ilm-fan va innovatsiyalar sohasida samarali muloqot va hamkorlik uchun eng yirik maydon!