Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti hamda Toshkent arxitektura qurilish universiteti xodimlari va Plug and Play kompaniyasi vakillari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida tomonlar dunyodagi eng yirik texnologik markazlardan biri hisoblangan Plug and Play kompaniyasining tajribasi asosida oliy ta’lim muassasalarida inkubatsiya dasturlarini tashkil qilish va talabalarning startap loyihalarini qòllab-quvvatlash masalalarini muhokama qilishdi.
Innovatsion g’oyalar haftaligi Innoweek-2025 doirasida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda yosh olimlarning innovatsion loyihalarini amalga oshirish bôyicha hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.