Innoweek-2025 doirasida Innovatsiyalar Milliy ofisi ham òzining sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalari bilan qatnashdi

Chegarasiz g’oyalar - Innoweek-2025 doirasida Innovatsiyalar Milliy ofisi ham òzining sun’iy intellektga asoslangan innovatsion loyihalari bilan qatnashdi.
Ulardan biri “Asoschi” dasturi bòlib, bu innovatsion raqamli platformada biznes g’oyasi bor, lekin uni amalga oshirishda qiynalayotgan yoshlar, startap va kichik bizneslar uchun real yechimlar taqdim etilgan. Ushbu dastur biznes-g’oyani mahsulot yoki xizmat shakliga keltirib, bozorga olib chiqishgacha bólgan barcha bosqichlarni óz ichiga olgan, foydalanuvchi uchun juda qulay va sodda qilib yaratilgan platforma. Platformada biznes-reja tuzish, investorlarni jalb qilish, mahsulotni yaratish va sinovdan ótkazish, bundan tashqari moliyaviy va huququy qismlarini tartibga solish bóyicha ma’lumotlar, yóriqnomalar va interaktiv xizmatlar mavjud.
“ÓzOffice” milliy ofis platformasi esa foydalanivchilarga internet orqali dastur òrnatmasdan hujjat yaratish, saqlash va ulashish imkoniyatini beradi. Dasturda sun’iy intellektga asoslangan imlo nazorati, hujjat va jadval muharrirlari, ma’lumotlarni shifrlash kabi avtomatlashtirilgan imkoniyatlar òrnatilgan.