Innovatsiyalar milliy ofisi va Xitoyning ArkInno Hub (Shenzhen) Industrial Operation Co., Ltd. o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

img

O‘zbekiston-Xitoy ikkinchi ta’lim forumi doirasida Innovatsiyalarni joriy etish va texnologiyalar transferi milliy ofisi va Xitoyning ArkInno Hub (Shenzhen) Industrial Operation Co., Ltd. o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Unga ko'ra O‘zbekiston–Xitoy Akselerator dasturi rasman ishga tushirilib, ikki mamlakat o'rtasida innovatsiya, texnologiyalar transferi va startaplarni rivojlantirish sohasida hamkorlik uchun asos yaratish, tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, tajriba, bilim va eng yaxshi amaliyotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish ko'zda tutilgan. 

Shuningdek, hamkorlik doirasida universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va xususiy korxonalarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston va Xitoy innovatsion ekotizimlari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish maqsad qilingan.