Bo'lim boshlig'i

Egamqulov Shaxarbek Baxtiyorovich





Egamqulov Shaxarbek Baxtiyorovich

Yetakchi mutaxassis

Jabborov Muhriddin Toshqin oʻgʻli

Yetakchi mutaxassis

Abdurazikov Jumanazar O‘ktam o‘g‘li

Yetakchi mutaxassis

Sayidialiyeva Saida Saidnabi qizi

Bosh mutaxassis

Hayitov Sherzod Alisher o'g'li

Bo'lim quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Bo‘lim faoliyatini samarali tashkil qilishda vazirlik faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari. qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, vazirlik Hay’ati qarorlari, Milliy ofis raxbariyati topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash;
2. Hududlarda ilmiy-tadqiqot natijalarini, innovatsion 
va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni joriy etishda ishtirok etish 
va ko‘maklashish;
3. Tijoratlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lgan mahsulot 
va ishlanmalarni tanlash va baholash uchun hududlarda turli xil tadbirlarni tashkil etishda Innovatsiyalarni targ‘ib etishga ko‘maklashuvchi tadbirlarni tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikda ishlash;
4. Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda hududlarda mavjud muammolar yechimiga qaratilgan ishlanmalarni joriy etishga ko‘maklashishda Iqtisodiyot ehtiyojlari va ularga mos yechimlarni o‘rganish va bazasini shakllantirish bo‘limi bilan hamkorlikni tashkil etish;
5. Hududlarda mavjud innovatsion ishlanmalarni aniqlash, yoshlarni sohaga qiziqtirish maqsadida innovatsion mobil platformalar tashkil etishda Milliy ofisning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikni tashkil qilish;
6. Ilmiy va ilmiy-texnik ishlanmalarni iqtisodiyotning turli tarmoqlariga va ijtimoiy sohaga samarali joriy qilinishini ta’minlovchi, ilmiy, loyiha-konstruktorlik va texnologik tashkilotlar, innovatsion infratuzilmalarni va ishlab chiqarish o‘rtasida 
bog‘lovchi bo‘g‘in — tajriba-eksperimental va konstruktorlik-texnologik infratuzilar tashkil etishda Milliy ofisning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikni tashkil qilish;
7. Respublikadagi innovatsion infratuzilmalardan foydalangan holda ishlanmalarni “g‘oyadan-prototipgacha” tamoyili asosida 
qo‘llab-quvvatlashda Ishlanmalarni rivojlantirish va ularni prototiplashtirishga ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikni tashkil qilish;
8. Hududlarda turli sohalarga innovatsion mahsulotlar va texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan konsalting xizmatlari sohasini yaratish va rivojlantirishga ko‘maklashish;
9. Xorijda ishlab chiqilgan texnologiyalar transferini amalga oshirish, mahalliylashtirish va hududlarda joriy etishda Milliy ofisning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikni tashkil qilish;
10. Hududlarda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish ko‘rsatkichlarini oshirish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga 
va innovatsion biznesni rivojlantirishga sharoit yarataish hamda biznes inkubatsiya va akseleratsiya jarayonlarini amalga oshirishda Akseleratsiya dasturlarini, o‘quv va trening kurslarini tashkil etish bo‘limi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
11. Bo‘lim faoliyatiga oid tahliliy va statistik ma’lumotlarni o‘z vaqtida sifatli tayyorlash;
12. Milliy ofis raxbariyatining tashkilot faoliyati bilan bog‘lik hamda boshqa taalluqli topshiriqlarini ijro etish.