Bo'lim boshlig'i

Islomov Baxtiyor Mustong o‘g‘li





Islomov Baxtiyor Muston o'g'li 1998-yilda  Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan.

Ma'lumoti:

Maʼlumoti oliy. 2017-2021- yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti bakalavri, 2021-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalar yo‘nalishi magistratura(Kompyuter ilimlari sohasida mutaxasis, taqqiqotchi(pedagog)) bosqichlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyati:

01.10.20– 02.02.21 Toshkent axborot texnologiyalari institutida yetakchi dasturchi

03.05.2021-01.06.2021 O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan ta’minlash sektori bo‘limiga axborot texnologiyalari mutaxassis

01.06.2021-06.09.2021 O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Innovatsiyalarni joriy yetishda raqamli texnologiyalarni jalb qilish bo‘limida yetakchi ilmiy xodim
06.09.2021- 08.04.2024  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Innovatsiyalarni joriy yetishda raqamli texnologiyalarni jalb qilish bo‘limida bosh ilmiy xodim
08.04.2024- hozirgacha  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Innovatsiyalarni joriy yetishda raqamli texnologiyalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i

Bosh mutaxassis

Yaqubov O‘ktam Erkinovich

Yetakchi mutaxassis

Vacant

Yetakchi mutaxassis

Haydarov Umidulla Hasan o'g'li

Boʼlim quyidagi vazifalarni bajaradi:
1 Milliy ofis faoliyatiga oid Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, vazirlik Hayʼati qarorlari, buyruqlari, Milliy ofis Bosh direktor va uning oʼrinbosarlari topshiriqlarini bajarilishini taʼminlaydi;
2 ilmiy-tadqiqot natijalarini, innovatsion va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishda ishtirok etadi va koʼmaklashadi;
3 oʼz vakolati doirasida turli sohalarga innovatsion mahsulotlar va raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan konsalting xizmatlari sohasini yaratish va rivojlantirishga koʼmaklashadi;
4 Innovatsiyalarni joriy etishda raqamli texnologiyalarni jalb qilishda Milliy ofisning boshqa boʼlimlari bilan hamkorlikda ishlaydi;
5 istiqbolli ishlanmalarni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni qoʼllash boʼyicha konsalting xizmatlarini koʼrsatishga koʼmaklashadi;
6 xorijda ishlab chiqilgan raqamli texnologiyalar transferini amalga oshirishga va mahalliylashtirishga koʼmaklashishda Milliy ofisning boshqa boʼlimlari bilan hamkorlikda ishlaydi;
7 xorijiy va milliy raqamli innovatsion gʼoyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish, transfer qilish, joriy etish boʼyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda xalqaro tadbirlarda ishtirok etishda Milliy ofisning boshqa boʼlimlari bilan hamkorlikda ishlaydi;
8 Milliy ofisning strukturasiga kiruvchi boʼlim faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ishini toʼgʼri tashkil qiladi, boʼlim xodimlarining vazifalarini taqsimlaydi va Milliy ofisning boshqa boʼlimlari bilan oʼzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
9 yangi innovatsion texnologiyalar transferi markazlarini tashkil etish hamda moddiy-texnik va ilmiy imkoniyatlarini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini nazorat qiladi;
10 OTM va ITIlar bilan raqamli texnologiyalar yoʼnalishida hamkorlik qiladi, ularning shu sohadagi faoliyatini qoʼllab-quvvatlashda ishtirok etadi;
11 boʼlim faoliyatiga oid tahliliy va statistik maʼlumotlarni oʼz vaqtida sifatli tayyorlanishini tashkil etadi;
12 Milliy ofis rahbariyati topshirigʼiga asosan xizmat safarlariga boradi;
13 Milliy ofis raxbariyatining tashkilot faoliyati bilan bogʼlik hamda boshqa taallukli topshiriklarini ijro etadi.