Bo'lim boshlig'i

Vaxobjonov Islomali Baxodir o'g'li





Ma'lumoti:

Maʼlumoti oliy. 2012-2016 yillar – Rossiya F. Ufa davlat neft texnika universiteti talabasi.

Mehnat faoliyati:

2016-2017 yillar - Oltiariq Yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi, Surkov moylari ishlab chiqarish
XL-2 texnologik qurilma operatori

2017-2018 yillar - Oltiariq Yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi, Neft va gazkondensatini qayta ishlash 
ELOU-AT-1 texnologik qurilma operatori

2018-2019 yillar -  O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi qoshidagi Innovasion  ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi tadbirkorlar va startaplarni qo‘llab- quvvatlash bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi

2019-2021 yillar - O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi Fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integrasiya qilish boshqarmasining Texnoparklarni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi

2021- yildan hozirgacha -  O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni  joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Innovatsiyalarni joriy etishda  raqamli texnologiyalarni jalb qilish bo‘limi boshlig‘i.

Bosh ilmiy xodim

Islomov Baxtiyor Mustong o‘g‘li
  • Ilmiy-tadqiqot natijalarini, innovasion va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishda ishtirok etadi va ko‘maklashadi;
  • Turli sohalarga innovasion mahsulotlar va raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan konsalting xizmatlari sohasini yaratish va rivojlantirishga ko‘maklashadi;
  • Innovasiyalarni joriy etishda raqamli texnologiyalarni jalb qilishda Milliy ofisning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda ishlaydi;
  • Istiqbolli ishlanmalarni rivojlantirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashadi;
  • Xorijda ishlab chiqilgan raqamli texnologiyalar transferini amalga oshirishga va mahalliylashtirishga ko‘maklashishda Milliy ofisning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda ishlaydi;
  • Xorijiy va milliy raqamli innovasion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish, transfer qilish, joriy etish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda xalqaro tadbirlarda ishtirok etishda Milliy ofisning boshqa bo‘limlari bilan hamkorlikda ishlaydi.