Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari “Securex Uzbekistan 2023" 14-xalqaro ko'rgazmasida qatnashishdi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi mas'ul xodimlari O‘zekspomarkazda o'tkazilayotgan “Himoya va xavfsizlik vositalari. Securex Uzbekistan 2023" 14-xalqaro ko'rgazmasida qatnashishdi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ko‘magida o‘tkazilayotgan ushbu ko'rgazmada xavfsizlik va yong‘indan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan eng ilg'or va innovatsion texnik vositalar va uskunalar taqdimotlari o'tkazilmoqda. 

 

Ko'rgazma davomida Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari "Dahua Vision" va "Vision Labs" kompaniyalari vakillari bilan xavfsizlik tizimi uchun innovatsion ishlanmalarni hamkorlikda ishlab chiqish va joriy qilish masalalarini muhokama qilishdi.