"Milliy Hub" o'quv-akseleratsiya dasturiga start berildi

img

Joriy yilning 11-sentyabr kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan "Milliy Hub" o'quv-akseleratsiya dasturiga start berildi. Dastur doirasida "Loyihaning hayotiy sikli va metodologiyasi" mavzusidagi ilk tadbir o'tkazildi. 

 

Tadbirni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari Bunyod Rahmatullayev ochib berdi va oliy ta’lim muassasalarining magistr va PhD talabalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda kichik va o‘rta biznes subyektlari vakillari orasidan loyihalari saralab olingan ishtirokchilarni qarshi oldi. 

 

Tadbir spikeri sifatida qatnashgan "Kelajak bunyodkori" medali sohibi, bugungi kunda qiymati 10 million dollarga teng "Tass Vision" kompaniyasi asoschisi Shahzod Umirzakov sohada muvaffaqiyatga erishish sir-asrorlari va o'z tajribasi bilan bo'lishdi. Ishtirokchilar startap loyihani samarali biznesga aylantirishgacha bo'lgan bosqichlarga doir savollari yuzasidan javoblar oldilar.

 

Ilmiy loyihalarni tijoratlashtirishga yo'naltirilgan ushbu o'ziga xos dastur joriy yilning 11-oktyabrigacha davom etadi.