“Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari” mavzusidagi seminar-trening bo’lib o’tmoqda

img

Joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jahon banki ekspertlari ishtirokidagi “Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari” mavzusidagi seminar-trening bo’lib o’tmoqda. 

 

Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu seminar-trening davomida mamlakatimizdagi oliy o’quv yurtlari ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha bo’linmalar va innovatsion jamg’armalarda faoliyat yuritayotgan kadrlarning malakasini oshirish maqsad qilingan. 

 

Seminarni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farhod Djumayev ochib berdi va ishtirokchilarni qarshi olib, yurtimizda tijoratlashtirish ekotizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va sohadagi dolzarb muammolarga to’xtalib o’tdi. 

 

Dasturning birinchi qismida Jahon banki ekspertlari Abilay Aximbekov va Kendrik D.White so’zga chiqib, texnologiyalarni tijoratlashtirish tizimini ishlab chiqish va bu borada jahon miqyosidagi eng yaxshi amaliyotlar haqida taqdimot o’tkazishdi.

 

Seminarning ikkinchi qismini esa Startap ekotizimini rivojlantirish departamenti boshlig'i Azizbek Ilhomov boshlab berdi va yurtimizda faoliyat yuritayotgan muvaffaqiyatli startap kompaniyalar tajribasi bilan bo'lishdi. 

 

Shuningdek, Intellektual mulk strategiyasi bo’yicha Jahon Banki eksperti Abay Jangabilov so’zga chiqib, intellektual mulk sohasidagi asosiy qoidalar haqida nutq so’zlashdi.

 

Ertaga, 15-sentyabr kuni seminarning ikkinchi kunida innovatsion loyihalar ichun “pitching” sessiyalar o’tkazish ko’zda tutilgan.