Innovatsiyalar Milliy ofisi mas'ul xodimlari Turkiyaning "NETCOM" kompaniyasi Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashishdi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi mas'ul xodimlari Turkiyaning "NETCOM" kompaniyasi Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashishdi. 

 

Netcom Computer Inc. 1986 yildan beri Turkiyaning yetakchi va axborot texnologiyalari sohasida eng tajribali kompaniyalaridan biri sifatida zamon talablariga muvofiq turli xil xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. 

 

Uchrashuv davomida "NETCOM" kompaniyasi bilan texnologiyalarni transfer qilish, soha eskpertlarini jalb qilgan holda ikki davlat o'rtasida tajriba almashishni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi. 

 

Hamkorlikni jadallashtirish va kengaytirish maqsadida kompaniya vakillari an'anaviy tarzda o'tkaziladigan innovatsion g'oyalar haftaligi "INNOWEEK-2023" da qatnashishga taklif etildi.