Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari BMTning Osiyo va Tinch okeani bo'yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) ning mintaqaviy seminarida qatnasdi.

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari Bunyod Rahmatullayev BMTning Osiyo va Tinch okeani bo'yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) ning Tailand poytaxti Bangkokda bo'lib o'tayotgan seminarida qatnashmoqda. 

 

Ushbu mintaqaviy seminar "Raqamli barqaror rivojlanish maqsadlari: Raqamli inklyuziya va jamiyatni rivojlantirish" mavzusida bo'lib o'tmoqda. Tadbirni ESCAPning AKT va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo'yicha direktori Tiziana Bonapace ochib berdi va nutqi davomida jamiyatning barcha qatlamlarida rivojlanishni birdek olib borishda raqamli innovatsiyalar va texnologiyalarning ahamiyatiga alohida to'xtalib o'tdi. 

Tadbir davomida Osiyo va Tinch mintaqasining Koreya  Kredit Kooperativlari Federatsiyasi (KFCC), Amazon, Google kabi yetakchi texnologik kompaniya vakillari ishtirok etib, raqamli innovatsiyalar, sun'iy intellekt istiqbollari va raqamli moliyalashtirishni joriy qilishdagi muvaffaqiyatli amaliyot bilan bo'lishishdi. Shuningdek, aqlli ta'lim, aqlli ishlab chiqarish, aqlli shahar, aqlli energetika va aqlli qishloq xo'jaligi sohalarida ilg'or xorijib tajriba o'rganildi.