Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari Bunyod Rahmatullayev BMTning Osiyo va Tinch okeani bo'yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ning mintaqaviy seminarida nutq so'zladi

img

Joriy yilning 19-sentyabr kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori o'rinbosari Bunyod Rahmatullayev BMTning Osiyo va Tinch okeani bo'yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP)ning mintaqaviy seminarida nutq so'zladi. 

 

"Raqamli barqaror rivojlanish maqsadlari: Raqamli inklyuziya va jamiyatni rivojlantirish" mavzusidagi seminarning ikkinchi kunida Bunyod Rahmatullayev O’zbekistonda jamiyat rivojiga hissa qo’shuvchi innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalarni transfer qilish sohasida olib borilayotgan ishlar, mahalliy va xorijiy innovatsion korxonalar, staprtaplar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

 

Seminar doirasida dunyoning bir qator yetakchi kompaniya va tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, Google kompaniyasi vakillari bilan Google for Education loyihasi doirasida ta’lim sohasida raqamli innovatsiyalar va sun’iy intellekt dasturlarini joriy qilish borasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, dunyoning TOP 100 oliy o’quv yurtlari qatoriga kiruvchi Londondagi Qirolicha Meri universiteti professori Dr.Jae-Hwan Park bilan uchrashuv o’tkazilib, Koreya, Qozog’iston va O’zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan innovatsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish bo’yicha qo’shma loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.   

 

Bundan tashqari Koreya Kredit Kooperativlari Federatsiyasi (KFCC) bilan bo’lib o’tgan uchrashuv davomida barqaror rivojlanishga qaratilgan innovatsiyalarni joriy qilishdagi muvaffaqiyatli moliyaviy yechimlar haqida so’z bordi va bu borada ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 

Koreyaning yetakchi oliy o'quv yurtlaridan biri Kvanju fan va texnologiya instituti vakillari bilan bo'lgan uchrashuv davomida esa sun'iy intellekt sohasida startaplar uchun qo'shma akseleratsiya dasturlarini tashkillashtirish, hamkorlikda sun'iy intellekt dasturlarini ta'lim tizimiga joriy qilish bo'yicha Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ga qo'shma loyihani topshirish va boshqa yo'nalishlarda hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qllindi. 

 

Uchrashuvlar so'ngida, hamkorlikni jadallashtirish maqsadida keyingi onlayn uchrashuvlarni tashkillashtirish va loyihalarni amalga oshiruvchi ishchi guruhlarni tashkillashtirishga kelishib olindi. Barcha kompaniyalar vakillari O'zbekistonda an'anaviy tarzda tashkillashtiriladigan innovatsion loyihalar haftaligi - INNOWEEK-2023 ga qatnashishga taklif etildi.