Innovatsiyalar Milliy ofisi mas'ul xodimlari "Texnopark" MChJ ga tashrif buyurishdi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi mas'ul xodimlari Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan "Texnopark" MChJ ga tashrif buyurishdi. 

 

Ushbu texnopark turar joy liftlari, gaz hisoblagichlar va sanoatda foydalaniladigan konditsioner tizimlarini ishlab chiqarish kabi yirik loyihalar bilan shug'ullanadi. 

 

Tashrif davomida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetidan iqtidorli talabalarni saralab olib, ularni ushbu texnoparkda yirik uskunalar uchun kerakli qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasiga jalb qilish masalasi muhokama qilindi.  

 

Ushbu loyiha uchun davlat grant mablag'larini jalb qilgan holda yoshlarni qiziqtirish va ular uchun maxsus inkubatsiya loyihasini tashkil etish ko'zda tutilgan.