Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori va mas'ul xodimlari "Sarmo Labs" venchur fondi vakillari bilan uchrashishdi
Bugun, joriy yilning 19-sentyabr kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farhod Djumayev va mas'ul xodimlari "Sarmo Labs" venchur fondi vakillari bilan uchrashishdi.
"Sarmo Labs" venchur fondi o'zbekistonlik yosh innovatorlar tomonidan tashkillashtirilgan bo'lib, ular startap g'oyani muvaffaqiyatli biznesga aylantirishga bo'lgan barcha bosqichlarda, xususan moliyalashtirish bosqichida ham hamkorlik olib borishadi. "Sarmo Labs" venchur fondi kpi va Didox kabi mahalliy va xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda sun'iy intellektga doir turli loyihalarni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirgan.
Uchrashuv davomida tomonlar o'rtasida startap loyihalarni birgalikda qo'llab-quvvatlash, xususan qo'shma akseleratsiya va inkubatsiya dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hamkorlikda hakaton musobaqalarini o'tkazish yo'nalishi ham ko'rib chiqildi.