“Germaniya va O’zbekistonda to’qimachilik sohasida barqaror va innovatsion ta’minot zanjirini yaratish” mavzusidagi onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi

img

Joriy yilning 20-sentyabr kuni “Germaniya va O’zbekistonda to’qimachilik sohasida barqaror va innovatsion ta’minot zanjirini yaratish” mavzusidagi onlayn uchrashuv bo’lib o’tdi. 

 

Uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o’rinbosari Shaxloxon Turdikulova, “O’zto’qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov, Innovatsiyalar Milliy ofisi mas’ul xodimlari va tuman hokimlarining innovatsiyalar bo’yicha mas’ul o’rinbosarlari qatnashishdi. Germaniya tomonidan esa “Gesamtmasche” trikotaj sanoati assotsiatsiyasi raisi Silvia Jungbauer va Germaniyaning to’qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi qator yetakchi tashkilotlari va oliy o’quv yurtlari vakillari qatnashishdi. 

 

Uchrashuv davomida Germaniyaning to’qimachilik sohasida erishgan yutuqlari, yangi texnologiyalari va qo’llanilgan innovatsiyalar o’rganilib, O’zbekistonda ham ushbu amaliyotlarni qo’llash, tajriba almashinuvini yo’lga qo’yish va ilg’or texnologiyalarni transfer qilish masalalari muhokama qilindi. 

 

Uchrashuv so’ngida O’zbekistonda to’qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi ishlab chiqaruvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga germaniyalik ekspertlardan javoblar oldilar.