"Intellektual mulk obyektlarini auditdan o'tkazish" mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi

Bugun, 21-sentyabr kuni Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan "Intellektual mulk obyektlarini auditdan o'tkazish" mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi.
Jahon Banki ekspertlari bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan ushbu seminarga mamlakatimizdagi 50dan ortiq oliy ta'lim muassasalari va ilmiy- tadqiqot institutlari vakillari taklif qilindi.
Seminar-trening davomida ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmlariga biznes investitsiya dasturlarini ishlab chiqishning asosiy tamoyillari va bunda intellektual mulk obyektlarini audit tekshiruvidan o'tkazishning muhim ahamiyati haqida so'z bordi.