Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Turkiyaning "NETCOM" kompaniyasi Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farhod Djumayev Turkiyaning "NETCOM" kompaniyasi Toshkentdagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi. 

 

Uchrashuv davomida "NETCOM" kompaniyasi bilan Turkiyaning qishloq xo'jaligi sohasidagi ilg'or texnologiyalarini O'zbekistonga transfer qilish, soha eskpertlarini jalb qilgan holda ikki davlat o'rtasida tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi. 

 

Shuningdek, qishloq xo'jaligi sohasini bir elektron platformada birlashtiruvchi "Assalam Agro", agrosanoatdagi innovatsion loyihalar jamlanmasi "Digital Agro" va "qulak" raqamli ta'lim platformasi kabi loyihalar ustida hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.