Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlari xizmat safari davomida viloyatlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlarni o'rgandi

img

Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlari xizmat safari davomida  viloyatlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlarni o'rgandi  

✅ Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlari Samarqand, Namangan, Navoiy viloyatlarida bo'lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirish doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

✔️ Jumladan, Navoiy davlat konchilik texnologiyalari universiteti “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet hududini ko‘kalamzorlashtirish, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekish uchun 4400 dona reja belgilangan. Bugungi kunda jami 3 gektarga yaqin bo‘sh yer maydonlari ko‘chat ekish uchun tayyorlab qo‘yilgan. Shuningdek, ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish va parvarish qilish yuzasidan mas’ul xodimlar biriktirilgan.

✔️Namangan muhandislik-texnologiya institutida loyiha doirasida institut hududiga  mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda bugungi kunda 1215 dona mevali,manzarali va buta ko‘chatlari ekildi.

✔️Samarqand viloyatida joylashgan 2-Son kasb hunar maktabi hamda 1-Son kasb hunar maktablarida ham loyiha doirasida  801 dona mevali va manzarali daraxtlari ekilgan. SAMDU filialida esa, bugungi kun holatiga ko'ra 3270 dona mevali va manzarali daraxtlar ekilgan.

➡️ Ta'kidlash lozim, Respublikada ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida “YAshil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam boʻldi.  Ushbu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan.