ENDILIKDA HINDISTONNING YETAKCHI KOMPANIYALARI BILAN HAMKORLIK QILINADI

img

 ENDILIKDA HINDISTONNING YETAKCHI KOMPANIYALARI BILAN HAMKORLIK QILINADI

✅ Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi mas'ullari Hindistonning "INFINYT 3D" hamda "Sanskritech Smart Solutions" kompaniyalari bilan uchrashdi. 

⏰ Uchrashuvda "INFINYT 3D"  kompaniyasi ta’sischisi va boshqaruv direktori Ryan Vaz bilan Oʻzbekistonning real iqtisodiyoti sektori ehtiyojlariga oid qoʻshma ilmiy, innovatsion loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, texnologiyalar transferi boʻyicha hamkorlikni mustahkamlash masalasida fikr almashildi. 

📌 Shuningdek, kompaniya tomonida STEAM o’qitish tizimini yo’lga qo’yishda foydalaniladigan maxsus 3D Innovatsion laboratoriya taqdimot qilindi. Kelajakda ushbu qurilmani O’zbekistonda ham joriy etish bo’yicha kelishuvga erishildi.

🟢 "Sanskritech Smart Solutions" kompaniyasi bosh direktori Pritam Kumawat bilan esa,  sog'liqni saqlash ekotizimlari, tezkor va aniq diagnostika, aqlli tele-tibbiyot, real vaqtda ma'lumotlar tahlili uchun innovatsion yechimlarni topish uchun ikkala tomon o'rtasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi. 

✅ Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan "Aqlli tibbiyot chamadoni"ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni joriy etish uchun amaliy ishlar boshlash, ishlab chiqarishning 30 foizi mahalliylashtirilishiga erishish muhim ekanligi qayd etildi. 

➡️ Uchrashuv so'ngida, ushbu kompaniyalar bilan qo’shma korxonalar ta’sis etish hamda ularni Inno texnopark rezidentlari qatoriga kiritish haqida anglashuv memorandumlari imzolandi.