“Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi

img

“Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan hamkorlik yo'lga qo'yiladi 

✅ Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktor o'rinbosari Bunyod Raxmatullayev “Yangi O‘zbekiston” universiteti vakillari bilan uchrashdi. 

 🟢 Uchrashuv davomida universitetda yo'lga qo'yilgan  shart-sharoitlar, xalqaro hamkorlik, innovatsion loyihalar yuzasidan suhbatlashildi. 

⏰ Kelgusida universitetning ilm-fan yo'nalishidagi tadqiqotlari, ilmiy g'oyalariga amaliy ko’maklashish jumladan, o'z loyihasiga ega bo'lgan iqtidorli talabalarni "Milliy hub" dasturida o'qitish yuzasidan hamkorlik qilish masalalari kelishildi. 

📌 Ma’lumot uchun, Yangi O‘zbekiston universiteti davlat oliy ta’lim muassasasi shaklida tashkil etilgan bo‘lib, asosiy vazifalari – nufuzli xorijiy o‘quv yurtlarining ta’lim dasturlari asosida yuksak kasbiy bilim va malakalarga ega bo‘lgan istiqbolli kadrlar tayyorlash, talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, buning uchun har tomonlama qulay muhitni shakllantirish hisoblanadi. O‘quv reja va dasturlari Massachusets texnologiya instituti hamda Myunxen texnika universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan.