MAMLAKATIMIZ OZARBAYJON RESPUBLIKASI BOKU SHAHRIDA O'TKAZILAYOTGAN "SPECA-2023" HAFTALIGI DOIRASIDAGI "BARQAROR RIVOJLANISH UCHUN MINTAQAVIY HAMKORLIK" DEB NOMLANGAN KO'RGAZMADA ISHTIROK ETMOQDA

img

MAMLAKATIMIZ  OZARBAYJON RESPUBLIKASI BOKU SHAHRIDA O'TKAZILAYOTGAN "SPECA-2023" HAFTALIGI DOIRASIDAGI "BARQAROR RIVOJLANISH UCHUN MINTAQAVIY HAMKORLIK" DEB NOMLANGAN KO'RGAZMADA ISHTIROK ETMOQDA

🟢Joriy yilning 22-25-noyabr kunlari Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti bo'yicha maxsus dasturi (SPECA)ning 25-yilligi doirasida Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston Respublikalarining iqtisodiyot potensialini namoyish qilish bo'yicha ko'rgazmasi bo’lib o’tadi. 

⏰  Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va uning huzuridagi Innovatsion rivojlanish Agentligi hamda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi vakillari qatnashmoqda. 

✔️ Mazkur ko'rgazmada mamlakatimiz "Made in Uzbekistan" milliy stendini tashkil etish hamda ko'rgazma ekspozitsiyasida mamlakatimizning avtomobil va mashinasozlik, yengil sanoat, elektrotexnika, qurilish, kimyo, farmatsevtika hamda ta'lim va innovatsiya sohalaridagi milliy mahsulotlar va xizmatlar namoyish etilishi belgilangan.

✅ Ma'lumot uchun: BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo'yicha maxsus dasturi (SPECA) 1998-yilda tashkil etilgan. Dasturga A'zo davlatlar Ozarbayjon, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, O'zbekiston va Afg'onistondir. Dasturning maqsadi a'zo davlatlar o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va jahon iqtisodiyotiga integratsiyani qo'llab-quvvatlashdan iborat. 

➡️ Suratlarda ko'rgazmaga tayyorgarlik jarayoni.