Xabar berganimizdek, Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktor o'rinbosari Bunyod Raxmatullayev Jeneva shahrida bo'lib o'tayotgan Innovatsiyalar va raqobatbardoshlik sohalari bo'yicha mutaxassislar jamoasininig o'n beshinchi sessiyasida qatnashmoqda

Xabar berganimizdek, Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktor o'rinbosari Bunyod Raxmatullayev Jeneva shahrida bo'lib o'tayotgan Innovatsiyalar va raqobatbardoshlik sohalari bo'yicha mutaxassislar jamoasininig o'n beshinchi sessiyasida qatnashmoqda
🟢 Sessiyaning ikkinchi kunida transformatsion innovatsiyalar (TI) va uning keng doiradagi oqibatlariga e'tibor qaratildi. Jumladan, strategik ta'limning roli, TIning inklyuziv o'sishga ta'siri, TI va uning sanoatni qayta shakllantirishdagi kuchi, innovatsiyalar bizning dunyomizni qanday o'zgartirdi va kelajakda nimalar kutilishi shuningdek, Yevropa Ittifoqining Gorizont jamg'armasi tomonidan fanlarni qo'llab-quvvatlash kabi mavzularda muzokaralar olib borildi.
✔️ Shuningdek, mamlakatimiz bilan BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda SPECA dasturi doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlash muhimligi ta'kidlanib, quyidagi takliflar bildirildi:
➖SPECA mamlakatlari o‘rtasida transformatsion innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida “SPECA Startups Summit” tanlovini o‘tkazish;
➖Sog'liqni saqlash, Energetika, Qishloq xo'jaligi yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirish va qo‘shma loyihalar yaratish;
➖A'zo davlatlar olimlari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish;
➖ SPECAga a'zo davlatlar tibbiyot va ta'lim muassasalari, shifokorlar va tadqiqotchilar o'rtasida hamkorlik platformasini yaratish;
➖ “SPECA mintaqasida barqaror kelajak uchun transformatsion innovatsiyalar” mavzusidagi seminarlar, tadbirlar tashkil qilish;
➖Yevropa Ittifoqi hamda Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida transformatsion innovatsiyalarni joriy qilgan holda ishlab chiqarish zanjirini mustahkamlashga qaratilgan tadqiqot loyihalarini ko'rib chiqish.