Oliy talim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Shahlo Turdikulova va Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlari "Plug and Play" global innovatsion platformasi vakillari bilan uchrashdi.

img

Oliy talim, fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Shahlo Turdikulova va Innovatsiyalar milliy ofisi xodimlari "Plug and Play" global innovatsion platformasi vakillari bilan uchrashdi. 

🟢 Uchrashuv davomida mamlakatimizning startaplarni moliyalashtirish borasidagi  holati, Innovatsion rivojlanish agentligi va Yoshlar akademiyasi, Innovatsiyalar milliy ofisi hamkorlikda tashkil etilayotgan tanlovlar haqida jumladan,  "Milliy hub" dasturi  haqida ma'lumot berildi.

⏰ Ma'lumot uchun, "Plug and Play" platformasi dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq vakolatxonalardan iborat global tarmoqqa ega yirik kompaniya bo’lib, asosiy faoliyati startaplarni rivojlantirish, akseleratsiya dasturlarini joriy qilish va  dunyoning yetakchi strategik bozorlarida o‘ziga xos maydon taqdim etish orqali iste’dodli yoshlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.