Koreya Ilg‘or texnologiyalari va fan instituti hamda “Honest Venture” kompaniyasining yetakchi ekspertlari tomonidan seminar trening bo'lib o'tdi.

img

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisida Koreya Ilg‘or texnologiyalari va fan instituti hamda “Honest Venture” kompaniyasining yetakchi ekspertlari tomonidan seminar trening bo'lib o'tdi. 

 ➡️ Seminar mavzusi startaplarga investitsiyalarni jalb qilishning huquqiy asoslari bo'lib, undan ko'zlangan asosiy maqsad Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi xodimlarining salohiyatini oshirish, mahalliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda tajriba almashish, shuningdek venchur kapital bozoridagi dolzarb muammolar va tendensiyalarni muhokama qilishdan iboratdir.