Yangiyo‘l tumanida faoliyat olib borayotgan kigizli energo tejamkor issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi

img

Yangiyo‘l tumanida faoliyat olib borayotgan kigizli energo tejamkor issiqxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi 

✅ Milliy ofis mas'ullari O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi “Tomorqachilikni rivojlantirish milliy markazi”da tashkil etilgan kigizli energo tejamkor issiqxona faoliyati bilan tanishib, issiqxona uchun yangi texnologiyalarni transfer qilish masalalarida fikr almashishdi. 

➡️ Shuningdek, Milliy ofis bilan hamkorlikni davom ettirish, yangi qulayliklardan foydalanishni yo'lga qo'yish maqsadida memorandum imzolashga kelishib olindi.  

⏰ Ta'kidlash lozim, Prezidentimiz tomonidan mas’ullarga yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurishni topshirgandi. 2023-2024-yillar davomida Toshkent viloyatining hududlarida istiqomat qilib kelayotgan 3 mingdan ziyod tomorqasi bor xotin-qizlar, tomorqa va dehqon xo‘jaliklari yerlaridan samarali foydalanish orqali ularni qo‘shimcha daromad olish va o‘zini-o‘zi band qilish bo‘yicha malaka oshirishadi.