"Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish uchun fan, texnologiya va innovatsiyalardan foydalanish" seminari

img

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi Вosh direktori oʼrinbosari Bunyod Raxmatullayev Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va Taraqqiyot konferensiyasi (UNCTAD) hamda Filippin Respublikasi Fan va Texnologiya Departamenti (DOST) tomonidan tashkil etilgan "Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish uchun fan, texnologiya va innovatsiyalardan foydalanish" seminarida qatnashdi.

 Seminarda Fan, texnologiya va innovatsiyalar (STI) yordamida tabiiy ofat oqibatlarini yumshatish, ularga javob qaytarish va tiklashda foydalanish yo‘qotishlarni kamaytirishi, zarur yordamni tezlashtirishi va uzoq muddatli barqarorlikni oshirish borasida yetakchi bo'lgan davlat va tashkilotlar tajribalari tinglanib, sohadagi o'zgarishlar yaqindan kuzatildi.

Ushbu tadbirda AQSH, Yaponiya, Janubiy Afrika, Braziliya, Avstriya, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Oman, Peru, Paragvay, Efiopiya va boshqa mamlakatlardan vakillar ishtirok etishdi.

 Tadbir yakunida ishtirokchilar Filippinning Ilg'or fan va texnologiya instituti (ASTI) hamda Vulqonologiya va seysmologiya institutida (PHIVOLCS) tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish operatsiyalarini qanday amalga oshirishi va amaldagi joriy qilingan fan, texnologiya va innovatsiyalar (STI) bilan yaqindan tanishish maqsadida ekskursiya amalga oshirildi.