Xitoy-Markaziy Osiyo aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari forumi" tashkil etiladi.

img

"Xitoy-Markaziy Osiyo aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari forumi" tashkil etiladi. 
 
Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktori Farhod Jumaev Xitoy Xalq Respublikasi Shandong fanlar akademiyasi QILU Texnologiyalar universiteti professori Jang Dong bilan  joriy yilning 6-8-may kunlari Jinan shahrida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan "Xitoy-Markaziy Osiyo aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari forumi"ning tashkiliy masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
 
 Forumni o‘tkazishdan maqsad – barqaror rivojlanish uchun Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida aqlli qishloq xo‘jaligi sanoati texnologiyalarini rivojlantirishni faol rag‘batlantirish, tomonlar o‘rtasida muloqotni muvofiqlashtirishdan iboratdir. Uchrashuv davomida ikki tomon forumni tashkil etish bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar. 
 
Forumni samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekistonning sohaga dahldor davlat tashkilotlari hamda Oliy ta'lim va ilmiy muassasalarini jalb qilish, "Aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va mahsulotlari ko‘rgazmasi" uchun innovatsion ishlanmalarni transport qilish masalalari muhokama qilindi. Forumning oliy ta’lim sohasida natijadorligini oshirish uchun amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.