Innovatsiyalar milliy ofisi hamda U-enter o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

img

Mazkur anglashuv Memorandumining asosiy maqsadi tomonlar o‘rtasida Respublikamizdagi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish va ularning innovatsion ishlanmalar yaratishga bo‘lgan qiziqishini oshirish. Innovatsion ekosistemani barpo etish, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratish, istiqbolli innovatsion ishlanmalar va startap g‘oyalar, loyihalarni sanoatga va iqtisodiyotga tatbiq etishni qo‘llab-quvvatlash har tomonlama ko‘mak berishdan iboratdir. 
 
 Memorandumni amalga oshirishga qaratilgan hamkorlik yo‘nalishlari quyidagilardir:
 -Zamonaviy texnologiyalar, shuningdek, innovatsion yondashuvlarni tatbiq etgan holda  biznes tashkil etish va yuritish usullarini transfer qilish;
  -innovatsion va startap ekotizimlarini qo‘llab-quvvatlash borasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro moliyaviy va donor tashkilotlar, innovatsiyalarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi xorijiy kompaniyalar va tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
 -Startap ekotizimining barcha ishtirokchilari o'rtasida integratsiyani kuchaytirish va rag'batlantirish;
-innovatsiya sohalari va startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xorijiy davlatlardagi innovatsiyalarni rivojlantirishga masʼul vakolatli tashkilotlar, oliy taʼlim muassasalari, startap va venchur kompaniyalari vakillari va ekspertlarini jalb etgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, master klasslar va ochiq taqdimotlarni tashkil etish.