“MUNIS” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ekspertlar guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

img

Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bosh  direktorining birinchi o‘rinbosari Bunyod Rahmatullayev Jahon bankining "O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish" MUNIS loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ekspertlar guruhi hamda O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi OEI vakillari va AEU moliyaviy direktori bilan uchrashdi.

Unda innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish sohasini rivojlantirish, shuningdek, xususiy korxonalarning loyihaning grant dasturlarida ishtirok etishi bo‘yicha hamkorlik hamda kelgusida RND hub tashkil etish yuzasidan loyiha dasturi muhokama qilindi.Xususan, tashrif davomida invest biznes, Job edusation kabi loyihalarni tashkil etish hamda ilmiy va ishbilarmon doiralarni mamlakatda innovatsion tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha saʼy-harakatlarga faol jalb etishga qaratilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar fan yutuqlarini tijoratlashtirish va iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan barcha tashabbuslarni amalga oshirishni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, arizalar topshirish va grantlarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga shuningdek, Innovatsiyalar milliy ofisi tomonidan konsepsiya ishlab chiqilib ushbu yo‘nalishda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar.