Birlashgan Millatlar Tashkiloti Osiyo va Tinch Okeani Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyasi (UN ESCAP)ning yig‘ilishi tashkil etildi.

img

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Osiyo va Tinch Okeani Iqtisodiy va Ijtimoiy Komissiyasi (UN ESCAP)ning 2024-yil 26-27-mart kunlari Qozog‘istonning Olma-Ota “Shimoliy va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish uchun yashil transformatsiyani rag‘batlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha Ekspertlar guruhi yig‘ilishi” tashkil etildi.
 
 
Ekspertlar guruhi yig‘ilishini o‘tkazishdan asosiy maqsad Shimoliy va Markaziy Osiyo davlatlarining innovatsiyalarni ilgari surish va barqaror rivojlanish uchun yashil transformatsiyaga erishish uchun yangi, rivojlanayotgan va mos texnologiyalarni moslashtirish, hamda imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.Mazkur yig‘ilishda Innovatsiyalar Milliy Ofisi bosh direktori Farhod Djumayev
“O‘zbekistonda taraqqiyot muammolarini hal etishda fan, texnologiya va innovatsiyalarning o‘rni” mavzusida taqdimot qildi.
 
Taqdimotda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, “2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasi” va texnoparklar tarmog‘ini rivojlantirish hamda innovatsiyalarga investitsiyalarni jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
 
Ekspertlar guruhi yig‘ilishi 2024-yil iyun oyida Ruandaning Kigali shahrida dengizga chiqish imkoniyati yo‘q, rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha BMTning uchinchi konferensiyasini o‘tkazishda mintaqaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.