Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi Bosh direktor birinchi o‘rinbosari Bunyod Rahmatullayev Ozarbayjonning Azericard kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

img

Uchrashuv davomida Azericard kompaniyasi bilan O‘zbekistonda TezOde loyihasining kontaktsiz to‘lovni joriy qilish bo‘yicha kelajakda amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi. Xususan, taklif etilgan ustuvor 5 yo‘nalishdan dastlab ikkisida TezOde tizimini joriy etish bo‘yicha bir to‘xtamga kelindi.
 
Jumladan, avtoturargohlarda va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalarida avtomatik elektron to‘lov tizimini yo‘lga qo‘yishga kelishildi. Bunda birinchi qadam sifatida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchalarida TezOde tizimi orqali yoqilg‘i uchun avtomatik to‘lov tizimini joriy qilish belgilandi. Buning uchun mahalliy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan aloqa o‘rnatishga kelishib olindi.