“Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari” mavzusidagi seminar-trening bo'lib o'tmoqda.

img

oriy yilning 13-17 may kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Jahon banki ekspertlari ishtirokidagi “Tijoratlashtirish va texnologiyalarni transfer qilish mexanizmlari” mavzusidagi seminar-trening bo'lib o'tmoqda. 
 
Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkillashtirilgan ushbu seminar-trening davomida mamlakatimizdagi oliy o’quv yurtlari ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’yicha bo'linmalar va innovatsion jamg’armalarda faoliyat yuritayotgan kadrlarning malakasini oshirish maqsad qilingan. 
 
Seminarni Innovatsiyalar Milliy ofisi bosh direktori Farhod Djumayev ochib berdi va ishtirokchilarni qarshi olib, yurtimizda tijoratlashtirish ekotizimini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar va sohadagi dolzarb muammolarga to'xtalib o'tdi. 
 
Dasturning birinchi qismida Jahon banki ekspertlari Aleksandir Soy va Dilshod Azgarov so'zga chiqdilar hamda, xorjiy texnologiyalarni jalb qilish hamda texnologiyalarni transfer qilish borasida taqdimot o'tkazdi.
 
Shuningdek, Jahon Banki "MUNIS" loyihasi eksperti Yevdokimov Yevgeniy chiqib, investorlarni jalb qilish va lisenzalarni sotish uchun materiallarni tayyorlash asosiy qoidalar haqida nutq so’zlashdi.
 
Eslatib o'tamiz seminar-trening 13-17 may kunlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida bo'lib o'tadi.