Intellektual mulk obyektlaridan foydalanish hamda tijoratlashtirish boʻyicha qoʻllanma jamoatchilikka taqdimot qilindi

img

3-oktabr kuni Adliya vazirligida Butunjahon Intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Gʻoyalarni tijoratlashtirish” oʻquv qoʻllanmasi va “WIPO IP Diagnostics” instrumenti taqdimoti boʻlib oʻtdi.
 
Unda BIMT, Innovatsiyalar Milliy ofisi, Fanlar akademiyasi, Savdo-sanoat palatasi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, boshqa vazirlik va idoralar hamda OAV vakillari, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari va hunarmandlar ishtirok etdi.
 
Xususan, Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida intellektual mulk obyektlarining oʻrnini oshirish maqsadida intellektual mulk tizimini qoʻllab-quvvatlash, tadbirkorlarda ulardan foyda olish koʻnikmasini shakllantirish, ixtirochilar, mualliflar, dizaynerlar hamda boshqa intellektual faoliyat natijasi egalarining huquq va manfaatlarini samarali himoya qilish borasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.