Kelajak muhandislari: innovatsiyalar, sanoat va ta’limni birlashtirish” nomli davra suhbati tashkil etildi

img

Joriy yilning 15-aprel kuni “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi “Kelajak muhandislari: innovatsiyalar, sanoat va ta’limni birlashtirish” nomli davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Malayziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya kabi 10 dan ortiq davlatlardan xorijlik mutaxasislar ishtirok etib, muhandislik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo'yicha o'z mamlakatlari tajribasi yuzasidan taqdimotlar qilishdi.

Tadbirda Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar Akademiyasi rahbari Akbarxon Sobirxonov va Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bosh direktori Farxod Djumayev ham ishtirok etib, xorijlik mehmonlarga O'zbekistonda innovatsiyalar va muhandislik integratsiyasi va bu boradagi mamlakatimiz tajribasi haqida so'zlab berishdi.