“Kelajak kodi: STEAM va Industry 4.0 asosida dasturchilar va muhandislar ta’limini raqamli o‘zgartirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Innovatsiyalar Milliy ofisi bilan birgalikda “Kelajak kodi: STEAM va Industry 4.0 asosida dasturchilar va muhandislar ta’limini raqamli o‘zgartirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
"Kelajak muhandislari" xalqaro festivali doirasida o'tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi vakillari, Toshkent davlat transport universiteti professor-o‘qituvchilari, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari va bir qator maktab direktorlari qatnashishdi.
Tadbir davomida muhandislik va dasturchilik yo'nalishida ta'limni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi. Kelgusida robototexnika sohasini yanada rivojlantirish va yoshlarni sohaga jalb qilish maqsadida hamkorlik qilishga hamda joylarda tizimli ravishda o‘quv kurslari tashkil etishga kelishib olindi.