“Milliy hub” startap-akseleratsiya dasturi doirasida o'tkazilayotgan seminar-treningning navbatdagi kuni qiziqarli muhokamalarga boy o'tmoqda

“Milliy hub” startap-akseleratsiya dasturi doirasida o'tkazilayotgan seminar-treningning navbatdagi kuni qiziqarli muhokamalarga boy o'tmoqda.
Bugun, seminarning to'rtinchi kunida murabbiylik vazifasi Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Nurbek Toshkanov va "1DOC" MCHJ Boshqaruv raisi Davron Sanakulovga topshirildi.
Eslatib o'tamiz, 1doc.uz – O‘zbekistonning eng innovatsion yuridik texnologiyalar platformasi sifatida Stanford Yuridik Maktabining nufuzli CodeX indeksiga kiritilgan Markaziy Osiyodagi yagona loyiha hisoblanadi. (https://t.me/innovatsion_rivojlanish/5436)
Seminar davomida "Canvas" shabloni bǒyicha biznes modelni yaratish, loyihaning huquqiy asoslari mavzularida taqdimotlar o'tkazildi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va mahalliy tadqiqot institutlari uchun intellektual mulk huquqi masalasi ham o'rganib chiqildi.