“Milliy hub” dasturi doirasida tashkil etilgan 5 kunlik seminar-trening yakunlandi

img

 Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan “Milliy hub” dasturi doirasida tashkil etilgan 5 kunlik seminar-trening yakunlandi. 

Besh kun davomida startap loyihani yo'lga qo'yishning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy asoslari bilan bir qatorda, marketing strategiyalarni to'g'ri qo'llash va sotuvlarni amalga oshirish masalalari ham o'z sohasining ekspertlari tomonidan yoritib borildi.

Seminarning so'nggi kunida Jahon bankining MUNIS loyihasi eksperti Rushana Musayeva srartap loyihalar uchun investorlarni jalb qiluvchi taqdimot tayyorlash sirlari bilan bo'lishdi. 

Seminar yakunida Innovatsiyalar Milliy ofisi Bosh direktori Farhod Djumayev so'zga chiqib, ishtirokchilarga kelajakda muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirishda ulkan zafarlar tiladi. Ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar va esdalik sovg'alar topshirildi.